Muallif:
Humans ishi bo‘yicha 12 mln dollarlik da’vo
Humans kompaniyasiga nisbatan 12 million dollarlik da’vo arizasi kiritilgan. Da’voga ko‘ra, investor tomonidan kiritilgan 12 mln dollar evaziga kompaniyaning 66 foiz ulushi va’da qilingan, biroq ushbu majburiyat bajarilmagan.

Humans kompaniyasiga nisbatan 12 million dollarlik da’vo arizasi kiritilgan. Da’voga ko‘ra, investor tomonidan kiritilgan 12 mln dollar evaziga kompaniyaning 66 foiz ulushi va’da qilingan, biroq ushbu majburiyat bajarilmagan.

Ish Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudida ko‘rib chiqilmoqda. Da’vogar tomoni investitsiya kiritilganini tasdiqlovchi hujjatlar va yozishmalar sudga taqdim etilganini hamda 66 foiz ulushni rasmiylashtirib berishni so‘rayotganini ma’lum qildi.

Lawday 27-fevral kuni bo‘lib o‘tgan sud jarayoni yakunlangach, da’vogar tomoni vakili bilan suhbatlashdi.

“66 foiz ulush rasmiylashtirib berilmagan”

Da’vogar vakilining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Maksim Sitanov suddan Humans biznesining 66 foiziga egalik huquqini tan olishni hamda biznesni rivojlantirish uchun kiritilgan investitsiya mablag‘larini undirishni so‘ramoqda.

Uning ta’kidlashicha, investitsiyalar Humans Uzbekistan infratuzilmasini shakllantirish va biznesni yo‘lga qo‘yish uchun yo‘naltirilgan bo‘lib, buning evaziga 66 foiz ulush berilishi kerak bo‘lgan. Biroq hozirga qadar mazkur ulush rasmiylashtirib berilmagan.

Sud jarayonida investor tomonidan kiritilgan mablag‘larni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan.

“Dobrinin sudda shaxsan qatnashmayapti”

Advokatning aytishicha, javobgar Vladimir Dobrinin sud jarayonida shaxsan ishtirok etmayapti, biroq uning vakillari mavjud.

“Dobrinin suddan xabardor. Uning nomidan advokatlari ishtirok etmoqda. Bizning fikrimizcha, da’voni rad etuvchi yetarli dalillar mavjud emasligi sababli u shaxsan kelmayapti”, — dedi u.

27-fevral kungi sud majlisi javobgar tomon vakillarining kelmagani sababli qoldirilgan.

Nega ish O‘zbekistonda ko‘rilmoqda?

Advokatning tushuntirishicha, Humans bilan bog‘liq ikki investorlar guruhi mavjud.

Birinchi guruh bilan tuzilgan ayrim shartnomalarda nizolarni Angliyadagi London Court of International Arbitration (LCIA)da ko‘rib chiqish belgilangan.

Biroq Maksim Sitanov bilan tuzilgan shartnomalarda bunday arbitraj sharti mavjud emas. Shu sababli u o‘z huquqlarini himoya qilish uchun O‘zbekiston sudiga murojaat qilgan.

Mazkur ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 6-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Lawday is an information portal providing independent ratings, analytical reviews, and interviews focused on Uzbekistan’s legal sector. The platform conducts in-depth analysis of the legal services market, identifies qualified lawyers and law firms, and serves as a reliable source of information for foreign investors seeking to understand Uzbekistan’s legal environment. Within the framework of the Uzbek Law Day project initiated by Lawday, Uzbekistan’s ongoing legal reforms and regulatory developments are presented to the international community. The project creates a professional dialogue platform where Uzbek lawyers engage with leading global law firms and prominent legal experts, exchange experience, and discuss opportunities for future cooperation and cross-border partnerships. Certificate: No. 44487771. Date of issue: 08.04.2025. Founder: "YOKO DIGITAL" LLC.