top of page

MAHALLIY

Prezident farmoni: Kambag'al oilalar toifalarga ajratiladi

“Kambag'al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida” gi Prezident Farmoni (PF-84-son, 08.05.2025 y.) qabul qilindi.


Farmonga ko'ra, 2025-yil 15-maydan Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan va ushbu reestrga tushish xavfi bo'lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko'rsatiladi.


“Qizil” toifaga – oila a'zolarining har biriga to'g'ri keladigan o'rtacha oylik daromadi minimal iste'mol xarajatlaridan kam bo'lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:


▪️ a'zolarining kamida 1 nafari sog'lig'ining holatiga ko'ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo'lmagan;


▪️ parvarishga muhtoj a'zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo'lgan;


▪️ o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz yashovchi yoki yolg'iz keksa yoxud yolg'iz nogironligi bo'lgan shaxsdan iborat bo'lgan;


▪️ boquvchisini yo'qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo'lgan oila;


“Sariq” toifaga – oila a'zolarining har biriga to'g'ri keladigan o'rtacha oylik daromadi minimal iste'mol xarajatlaridan kam bo'lgan hamda a'zolari sog'lig'i holatiga ko'ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo'lgan oilalar kiritiladi.


“Yashil” toifaga – oila a'zolarining har biriga to'g'ri keladigan o'rtacha oylik daromadi minimal iste'mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha bo'lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:


▪️ oila “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan bo'lsa;


▪️ oilaning Kambag'al oilalar reestriga kiritilishi ehtimoli yuqori bo'lsa. Manba: huquqiyportal.uz

Ulashing

bottom of page